Bolgariya chempionati 11-turida qiziq holat yuz berdi. tur doirasidan o`rin olgan “Ludogors” va “Lokomotiv” klublari o`rtasida bahs maydonga yovvoyi o`rdaklardan biri qo`ngani sababli to`xtatildi.
Sports.uz nashrining xabar berishicha, Hakam tomonidan qo`shib berilgan daqiqalarda maydonda o`rdak paydo bo`lgan. Bu vaqtda mehmonlar posboni Nikolay Bankov o`rdakni maydonga chiqarib yubormoqchi bo`lgan, biroq bu o`xshamagan. Bu orada esa Stefan Apostolov jamoalarni tanaffusga taklif qilgan.
Jamoalar maydonga qaytib kelgan o`rdak allaqachon g`oyib bo`lgan va o`yinda “Ludogores” futbolchilari 4:0 hisobida zafar quchgan.





