AsosiyJamiyat

Toshkentda 4 balli magnit bo`roni kuzatilmoqda

'Toshkentda 4 balli magnit bo`roni kuzatilmoqda'ning rasmi

Toshkentda 2023 yilning 3-5 oktyabr kunlari 4 ballgacha bo`lgan magnit bo`ronlari kuzatiladi. Bu bo`yicha prognozlarni "Meteonova" taqdim etdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, magnit bo`ronlarining eng yuqori ko`rsatkichi bugun soat 11:00 va 14:00 oralig`ida kuzatildi. Bu 4 ballga teng bo`lgan kuchga ega magnit bo`roni bo`lib, inson hayoti uchun unchalik xavfli emas. 4 va 5 oktyabr kunlari magnit bo`roni 3 ballga teng bo`lishi kutilmoqda. Bu ko`rsatkich 4 oktyabr kuni soat 11:00 dan 14:00 gacha, 5 oktyabr kuni esa 8:00 da kuzatiladi. Qolgan vaqtlarda 1-2 ballga teng bo`ladi.

Ma`lumot o`rnida aytish kerakki, magnit bo`ronlarida eng yuqori ko`rsatkich 8-9 ballni tashkil etadi. Magnit bo`ronlari atamasi avvaldan mavjud. Biroq yaqin vaqtlardan buyon bu atama ko`p qo`llanib kelinmoqda. Inson hayotiga magnit bo`ronining xavf ta`siri kuchli bo`lish ehtimoli mavjud bo`lganda, Sog`liqni saqlash vazirliklari odamlarni bu masalada e`tiborli bo`lishi kerakligi haqida ogohlantiradi.

Magnit bo`ronlari — kompas magnit milining surilishini qo`zg`atuvchi Er magnit maydonining keskin o`zgarishi. Magnit bo`ronlari bir vaqtda Er yuzining katta hududlarida, ba`zan butun Er yuzida kuzatiladi. Magnit bo`ronlari, ko`pincha, tun vaqtiga to`g`ri keladi.

Bu jarayon yurak-qon tomir va asab sohasining surunkali kasalliklaridan aziyat chekayotgan insonlarda biroz qiyin kechadi. Chunki, bu holatda magnit bo`roni qon aylanish tizimi o`zgarishiga sabab bo`ladi.  Eritrositlar tarkibidagi temir moddasi magnit bo`roni vaqtida ta`sirlanib, tomirlarda tromb hosil qiladi.

Asab kasalligi mavjud insonlarda magnit bo`roni vaqtida gormonlar ishlab chiqarish kuchayadi, natijada holsizlik, jizzakilik kabi belgilar paydo bo`ladi.

Magnit bo`ronlari sodir bo`ladigan kunlar haqida OAV orqali xabar beriladi.

Bu jarayonlarda inson o`zini-o`zi asrashi kerak. Spirtli ichimliklar, chekishni cheklash, hazm qilinishi qiyin bo`lgan ovqatlarni iste`mol qilmaslik va kamroq asabiylashishdan tiyilish lozim.

Imkon qadar ko`proq dush qabul qilib, iliq suv ichish va salqin xonalarda o`tirish kerak. Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekayotgan insonlar esa yolg`iz qolmasligi talab etiladi.

    Boshqa yangiliklar