AsosiyJamiyat

20 oktyabrdan “Afrosiyob” elektropoezdlarininn chiptalari to`liq narxi 100 foizga oshiriladi

'20 oktyabrdan “Afrosiyob” elektropoezdlarininn chiptalari to`liq narxi 100 foizga oshiriladi'ning rasmi

Yo`lovchi poezdlar chipta narxlari so`nggi marta 2018 yilda mahalliy yo`nalishlarda, 2019 yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdida  qayta ko`rib chiqilgan bo`lib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar o`zgarishsiz qolib kelmoqda. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" xabar bermoqda.

2019-2022 yillar va 2023 yilning 9 oyi davomida respublikada ish haqi miqdori 2,4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg`i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, shuningdek, yo`lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poezdlarni xarid qilish, temir yo`l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o`zgartirishlar kiritilmoqda.

Shu munosabat bilan "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Yo`lovchi tashish xo`jaligidagi yo`lovchi chiptalarni 2023 yilning 20 oktyabr sanasidan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoezdlari chiptalari to`liq narxining 100%ga oshirilishini ma`lum qildi.
 

    Boshqa yangiliklar