Germaniya Xaylbronn shahar polisiyasining ma`lumot berishicha, 13 yoshli qizcha ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ballonni maktabga olib borib, 40 nafarga yaqin o`quvchini zaharlagan, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Barcha jabrlangan bolalar nafas olishdan va ko`zlarining achishidan qiynalgan, ular zudlik bilan kasalxonaga yotqizilgan. Qizcha onasi bilan birgalikda mahalliy polisiya bo`linmasiga chaqirtirilgan. Berilgan savolga qizcha gaz ballonni ishlatsa nima bo`lishiga qiziqqanligi tufayli uni sepib ko`rganligini bayon qilgan.
Gaz ballonni qizchaning ota-onasi Germaniyada rivojlanib ketgan “masxaraboz qotil”lardan o`zini himoya qilish uchun sotib olib bergan.





