Amerika qo`shma shtatlarida tarixda ilk marta bir chaqaloq ikki marta tug`ildi, deb yozadi “Vesti”.
Homiladorlikning 12 haftasida qizaloq ona qornidan jarrohlik amaliyoti yo`li bilan chiqarildi.
Homiladorlikning ilk bosqichida ultratovush tekshiruvi davomida embrion tanasida o`simta aniqlandi. U chaqaloqning dumbag`a qismida rivojlanadi va 50 foiz holatlarda yangi tug`ilgan chaqaloqda qon aylanish tizimini buzadi va o`limga olib keladi.
Shifokorlar va chaqaloqning ota-onasi zudlik bilan bir qarorga kelishi kerak edi. Ular tavakkal qilishdi va operasiyaga rozilik berishdi.
Operasiya 5 soat davom etdi: Shifokorlar embrionni chiqarib olib, o`simtani olib tashlashdi va uni qayta ona qorniga joylashdi.
Qizaloq vaqti soati etgach, sog`lom dunyoga keldi. U tug`ilganidan bir necha kun o`tgach, shifokorlar o`simta qoldig`ini olish uchun yana bir jarrohlik amaliyotini o`tkazishdi.
Ayni paytda, qizaloqning salomatligi a`lo darajada va uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.





