Namanganlik Shohnazar Nazaraliev joriy yilning 22–25 sentyabr kunlari Moldovada o`tkazilgan qo`l jangi bo`yicha jahon chempionatida o`z vazn toifasida oltin medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Yosh sportchi shahardagi 1-bolalar va o`smirlar sport maktabida 2007 yildan buyon mahoratini oshirmoqda. Sportga mehr otasi – oliy toifali murabbiy Tohirjon Satimovdan o`tgan.
Etti karra O`zbekiston chempioni Shohnazar kelgusida bundan-da yuksak marralarni egallab, Vatanimiz sha`nini ulug`lashni maqsad qilgan.





