France Football nashri “Oltin to`p–2016” mukofoti uchun navbatdagi 5 futbolchining nomini e`lon qildi.
2016 yilgi “Oltin to`p” sovriniga Kevin De Bryuyne (“Manchester Siti”), Antuan Grizmann (“Atletiko”), Paulo Dibala (“Yuventus”), Gonsalo Iguain (“Yuventus”) va Diego Godin (“Atletiko”) da`vogarlik qiladigan bo`ldi.
Oldinroq Krishtianu Ronaldu va Garet Beyl (ikkisi ham “Real”), Janluiji Buffon (“Yuventus”), Obameyang (“Borussiya D”) va Serxio Aguero (“Manchester Siti”) “Oltin to`p–2016” uchun da`vogarlik qilishi haqida xabar bergandik.
Ma`lumotlarga ko`ra, France Football “H” harfigacha bo`lgan nomzodlarni ko`rsatdi. Demak David De Xea (“Manchester Yunayted”) va Karim Benzema (“Real”) “Oltin to`p” mukofoti uchun da`vogarlik qilmaydi.





