Rossiyada bo`lib o`tadigan futbol bo`yicha JCh–2018 turnirining rasmiy timsoli tanlab olindi. Bu haqda "Championat.com" xabar bermoqda.
“Perviy kanal”dagi "Vecherniy Urgant" ko`rsatuvida yo`lbars, mushuk va bo`ri timsollari orasidan bo`ri varianti ommaviy ovoz berish orqali tanlab olindi.

Bo`ri nomzodini 52,8% respondent qo`llab-quvvatladi. Yo`lbars va mushuk esa mos ravishdav 26,8 va 20,4 foizdan ovoz to`pladi.





