Kuchliligi darajasi 8 ballni tashkil qilgan to`fon Gonkongga yaqinlashmoqda. Bu haqda South China Morning Post yozadi.
Shaharda kuchli vayronagarchiliklar bo`lishi kutilmoqda. To`fon sababli maktablar, davlat idoralari yopilib, fond birjasidagi savdolar to`xtatildi.
600 ortiq aviareys bekor qilindi. Bundan tashqari jamoat transporti ham uzilishlar bilan ishlamoqda.
Aholidan suv sporti bilan shug`ullanmaslik hamda sohillardan yiroqda bo`lish so`ralmoqda.





