Evropa Ligasi turnirining guruh bosqichi 3-turida O`zbekiston termasi yarim himoyachisi Odil Ahmedov to`p surayotgan Rossiyaning “Krasnodar” klubi Germaniyaning “Shalke-04” jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Mazkur o`yinda Evgeniy Konoplyanka tomonidan 11-daqiqada kiritilgan yagona gol “Shalke-04” g`alabasini ta`minladi. Odil Ahmedov mazkur uchrashuvda 75 daqiqa maydonda harakat qildi.
Evropa Ligasi, 3-tur
“Krasnodar” – “Shalke-04” 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 10 Konoplyanka.
“Krasnodar” – Krisyuk, Grankvist, Martinovich, Endjeychik, Petrov, Kabore, Podberezkin (Laborde, 67), Ahmedov (Mamaev, 75), Kuassi (Gazinskiy, 55), Joaozino, Ari.
“Shalke-04” – Fermann, Kaysara, Nastasich, Naldo, Aogo, Konoplyanka (Shopf, 67), Stambuli, Xevedes, Mayer (Xuntelar, 77), Baba, Di Santo (Kerer, 90).
Ogohlantirishlar: Naldo (70), Di Santo (85), Gazinskiy (90).





