Pokistonning Islomobod shahrida yashovchi choy sotuvchisining surati ijtimoiy tarmoqlarga joylanganidan so`ng u misli ko`rilmagan darajada mashhur bo`lib ketdi, deb yozadi “Lenta.ru”.
Bozorda choy sotayotgan yigitning suratini ilk marta Jia Ali ismli jurnalist qiz Instagram`ga joyladi.
Moviy ko`zli Arshad Xanning suratini ko`plab horijiy OAVlar ham chop etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, butun dunyodan minglab internet foydalanuvchilar, xususan qizlar choy sotuvchi yigit bilan tanishish istagini bildirgan.
Yigitning o`zi esa kino aktyori bo`lishni istashini aytgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hozirgi kunga qadar #chaiwala xeshtegi ostida choy sotuvchi yigitning 8 mingdan ortiq suratlari joylashtirilgan.





