O`zbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev Osiyo Futbol Federasiyasining ijtimoiy masalalar bo`yicha qo`mitasi majlisida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
Ushbu majlis 18 oktyabr kuni, Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo`lib o`tdi. Unda asosan ijtimoiy sohadagi ishlarni hal etish uchun uni moliyalashtirish masalalari ko`rib chiqildi.
Qo`mita yig`ilishini boshqarib borgan Ahmad Al Harbiy, qo`mita a`zolariga Saudiya Arabistoni qiroli – Sulton Bin Fahad Al Abdulaziz OFK ijtimoiy ishlarinini moliyalashtirishga tayyor ekanini ma`lum qildi.
Ta`kidlash kerakki, Sardor Rahmatullaev ushbu qo`mita raisi o`rinbosari hisoblanadi.





