Turkiyaning Adana shahridagi go`zallik saloni xodimlari paranji yopinib kirgan mijozlardan biri erkak kishi ekanligini payqadi, deb yozadi “Vesti”.
Qo`rqib ketgan ayollar paranji yopingan erkakni terrorchi deb o`yladi va polisiya chaqirdi.
Turkiyadagi notinch vaziyat tufayli huquq-tartibot organlari xodimlari tezda hodisa joyiga etib keldi. Biroq, shubhali shaxs ular kelguniga qadar ketib bo`lgan edi.
Maxsus xizmat xodimlari kuzatuv kameralari yordamida aniqlashicha, go`zallik salonining shubhali mijozi kichik yuk mashinasida kelgan va unda ortga qaytgan. Ular paranji yopingan erkakni topish uchun butun boshli operasiya o`tkazdi.
Natijada salonga paranji yopinib kirgan shaxs 22 yoshli mahalliy aholi vakili ekanligini aniqlandi.
Tergovda aniqlanishicha, u musulmon urf-odatlariga ko`ra sevgan qizi bilan unashtirilgan. Biroq qizning otasi rasmiy nikoh va to`ygacha ularning uchrashishiga qarshilik bildirgan.
Kuyov go`zallik saloniga paranji yopinib kirishidan yagona maqsadi u erda ishlaydigan sevgan qizi bilan uchrashish ekanligini ma`lum qilgan.





