Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38° bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 35-37° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-27° bo`ladi.
09.08.2023 08:18
9 avgust kungi ob-havo ma`lumotlari e`lon qilindi






