AQSh prezidenti Barak Obama va uning turmush o`rtog`i Mishel Obama Oq uyda Italiya bosh vaziri Matteo Rensini qabul qildi, deya xabar beradi The Associated Press agentligi.
Bu Obamaning Oq uyda davlat rahbari sifatida o`tkazayotgan so`nggi rasmiy qabuli. AQSh prezidenti buni bir paytning o`zida ham quvonchli, ham qayg`uli onlar deb aytdi.
“Biz eng yaxshisini ohiriga qoldirdik”, - deydi Obama.
Italiyalik vazir ushbu tashrif yana bir bor AQSh va Italiya o`rtasidagi mustahkam do`stlikni ko`rsatish imkonini berganini ta`kidladi.
Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, Oq uyda Obama va Rensi uchun mashhur oshpaz Mario Batali rahbarligida tantanali dasturxon solindi. Tushlik amerikalik qo`shiqchi Gven Stefanining chiqishi bilan yakunlandi.





