AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda qurilish boshqarmasi sho`ba boshlig`i qo`lga olindi

'Qashqadaryoda qurilish boshqarmasi sho`ba boshlig`i qo`lga olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi boshqarmasi sho`ba boshlig`i pora bilan qo`lga tushdi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. 

Viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo`jaligi boshqarmasi sho`ba boshlig`i H.N. “D.M.” MChJ loyihachisi Sh.S.ga tanishlari yordamida “Paxtazor-1” MFYda joylashgan ko`p qavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar