AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp boshqa Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzodlar, jumladan Florida gubernatori Ron DeSantisdan ancha oldinda bormoqda. E`lon qilingan so`rov ma`lumotlari shuni ko`rsatdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
"The New York Times" o`tkazgan tadqiqotga ko`ra, so`rovnomada ishtirok etganlarning 54 foizi Trampga ovoz berishini aytgan.
Shu bilan birga, Respublikachilar partiyasi kampaniyasining boshqa potensial ishtirokchilari, jumladan, sobiq vise-prezident Mayk Pens va Janubiy Karolina sobiq gubernatori Nikki Xeyli 3% yoki undan kam ovoz to`plashmoqda.
Ayni damda Tramp ustidan bir necha sud ishlari olib borilmoqda, prokurorlar unga 37 ta modda bo`yicha ayblov e`lon qilgan. Shu bilan birga, sobiq prezident o`z aybini tan olmay, sodir bo`layotgan voqealarni bema`nilik va Jo Baydenning amaldagi ma`muriyatining vakolatlarini suiiste`mol qilish deb atagandi.






