1-maslahat:
Tonal kremning teri yallig`lanishiga qarshi yog`siz turini tanlang.
2-maslahat:
Tonal krem va upaning rangi tabiiy yuz rangiga yaqin bo`lishi lozim. To`q rangdagi ushbu pardoz vositalari toshmalarni yanada kattalashtirib ko`rsatishi mumkin.
3-maslahat:
Pardoz vositalari safiga korrektorni ham qo`shib qo`ying. Mazkur vosita toshma va yuzdagi dog`larni a`lo darajada pardoz qiladi.
4-maslahat:
Pardozni boshlashdan avval toshma yuzasiga dezinfeksiyalovchi vosita bilan ishlov bering. So`ng ustidan namlantiruvchi krem surting.
Korrektorda ishlov berib, 2-3 daqiqaga qoldiring.
Barmoq uchiga tonal kremidan surtib, toshma ustidan engil paypaslang. 2 daqiqadan so`ng upa surtsangiz bo`ladi.





