Mindanao sohilining shimoliy tomonida 5,5 magnitudali zilzila sodir bo`ldi, deya xabar beradi «Interfaks».
Zilzila Surigao shahrining shimoli-sharqidan 129 km uzoqlikda sodir bo`ldi. Silkinish intensivligi «juda kuchli» deya baholanmoqda.
Kuni kecha 6,2 magnitudali zilzila Tibetning Ximalay hududida ham sodir bo`lgandi.





