O`zbekistonda yangi futzal mavsumi boshlanishiga ham oz qoldi. Odatdagidek, mavsumni Assosiasiya kubogi ochib beradi.
Mamlakat chempionati oldidan "Ardus" tarkibida bir qator o`zgarishlar ro`y bermoqda. O`zbekiston milliy terma jamoasi sardori hisoblangan Artur Yunusov “Ardus”ni tark etdi.
“Adrus” matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, tajribali futzalchi "Olmaliq" jamoasiga ijaraga berildi. Endi Artur bir mavsum olmaliqliklar safida to`p tepadi.





