Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi Aviasozlar 3-dahasi hududida 24 yoshli mahalliy aholi vakili 53 yoshli ayolning bo`ynidan sariq metalldan yasalgan zanjirini yulib olib ketayotganida shu erda xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qo`lga olindi va jinoyat to`liq fosh etildi. Bu haqda
IIV Matbuot xizmati xabar qiladi.
Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
15.10.2016 11:49





