“Madaniyat va san`at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi prezident qaroriga asosan 2022 yilda davlat budjeti mablag`lari hisobidan Madaniyta va turizm vazirligi tomonidan jami 32 ta maxsus avtotransport vositasi (Damas) xarid qilindi. Bu haqda Darakchi.uz xabar berdi.
Ushbu avtotransport vositalari joriy yilning 3 iyul kuni tantanali ravishda Respublikamizning 32 ta tuman (shahar) madaniyat va turizm bo`limlariga topshirish marosimi bo`lib o`tdi.
Yig`ilishda so`z olgan madaniyat va turizm vaziri o`rinbosari B.Ahmedov barchani ushbu quvonchli kun bilan tabriklab, mazkur transport vositasi hududlarda o`tkaziladigan madaniy-ma`rifiy tadbirlar sifatining yuksalishiga xizmat qilishini ta`kidladi.
Joriy yil yakuniga qadar qo`shimcha ravishda 70 ortiq maxsus avtotransport vositasi (Damas) bilan ta`minlash rejalashtirilgan.






