AsosiyJamiyat

Sentyabr oyida o`zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi

'Sentyabr oyida o`zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi'ning rasmi

O`tgan yilning dekabr oyida prezident rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va 2023 yilda dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risidagi qarorni imzolagan.

Keyinchalik, joriy yilning 20 aprel kuni davlat rahbari yangi farmoni bilan yuqoridagi hujjatga o`zgartirishlar kiritdi.

Ushbu hujjatga ko`ra, olti kunlik ish haftasiga ega bo`lgan xodimlar uchun 2-sentyabr (shanba) qo`shimcha dam olish kuni hisoblanadi.

Shu tariqa, sentyabr oyida o`zbekistonliklar ketma-ket uch kun dam oladi:

- 2023 yil 1 sentyabr (juma) - dam olish kuni;

- 2023 yil 2 sentyabr (shanba) - olti kunlik ish haftasiga ega bo`lgan xodimlar uchun qo`shimcha dam olish kuni;

- 2023 yil 3 sentyabr (yakshanba) taqvim bo`yicha dam olish kuni.

    Boshqa yangiliklar