AsosiyJamiyat

“Enajon” she`rini muallif ruxsatisiz qo`shiq qilgan xonanda jarimaga tortildi

'“Enajon” she`rini muallif ruxsatisiz qo`shiq qilgan xonanda jarimaga tortildi'ning rasmi

Shoir B.Muxamedxodjaev mualliflik huquqlari buzilgani va qonunbuzarga chora ko`rishni so`rab Adliya vazirligiga murojaat qilgan.

Aniqlanishicha, fuqaro J.R. muallif B.Muxamedxodjaevning “Enajon” nomli she`ridan huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalangan holda qo`shiq ijro etgan hamda YouTube platformasi orqali tarqatgan.

Holat yuzasidan fuqaro J.R.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 1771-moddasi bilan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko`rib chiqish uchun sudga yuborilgan va u sud qaroriga asosan jarimaga tortilgan.

Biroq xonanda jarima bilangina qutilib qolmaydi. Endi shoir sud orqali J.R.dan tovon puli undirishi mumkin. Shoir huquqbuzardan BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha (6 600 ming so`mdan 330 mln so`mgacha) tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Qidiruv tizimlariga “Enajon” qo`shig`i deb qidiruv berilganida, xonanda Janob Rasul ijrosidagi qo`shiq (https://www.youtube.com/watch?v=QkSLdwK-XwM) chiqmoqda. Shuningdek, Intellektual mulk departamenti xabarida tilga olingan xonandaning ism-familiyasi bosh harflari ham – J.R.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Yulduz Usmonova, Farhod va Shirin, Sanjay, Doston Ergashev, Jaloliddin Ahmadaliev ham birovning she`rini ruxsatsiz kuylagani uchun javobgarlikka tortilgandi.

    Boshqa yangiliklar