"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning zaxiraga olinishi borasidagi bahs-munozaralar ham davom etmoqda. Bu holatda ko`pchilik portugaliyalik futbolchini o`z kuchiga ortiqcha baho bermaslikka chaqirib va Zinedin Zidan to`g`ri yo`l tutayotganini e`tirof etishmoqda.
Xususan "Real"ning sobiq futbolchisi Migel Palensiya Krishtianu Ronaldu 90 daqiqa maydonda bo`lishi shart emas, degan fikrni ilgari surmoqda. Agar Krishtianu hozir kamroq o`ynasa, mavsum oxirida jamoasiga katta foyda keltirar ekan.
- Ronaldu har bir uchrashuvda muhim ahamiyat kasb etadi, - deydi Migel Palensiya. - U mavsum davomida ma`lum muddat dam olishi kerak. Shundagina chempionat yakunida "Real" uchun o`ta foydali futbolchiga aylanadi. Zidan to`g`ri qilyapti.
Doimo asosiy tarkibda maydonga tushib, to`liq uchrashuv o`tkazishga ko`nikkan Ronalduni bu mavsumda Zidan bir necha marotaba zaxiraga oldi. Bu esa Krishtianuga umuman yoqmayapti.





