Britaniyalik fuqaro “aqlli” choynak yordamida choy qaynatish uchun 11 soat vaqt sarfladi, deb xabar beradi “Vesti”.
Mazkur choynak Wi-Fi`ga ulanganidan so`nggina ishlay boshlaydi.
Ma`lumotlarni tahlil qilish bilan shug`ullanuvchi mutaxasis Mark Rittman ertalab soat 9 da “aqlli” choynak yordamida choy qaynatmoqchi bo`ldi. Biroq qurilma ishlamadi ya`ni u Wi-Fi tarmog`iga ulanish jarayonida xatolik yuzaga keldi.
Asosiy muammo esa choynak o`z bazasi bilan bog`lana olmaganidan kelib chiqadi.
Rittman texnika ishlashini kutib 11 soat vaqt o`tkazdi. Vanihoyat choynak ishlab ketdi. biroq u ishlaganidan so`ng uydagi yoritish tizimi ishdan chiqdi. Sababi, “aqlli” choynak o`zini yangilash uchun ko`p elektr sarfladi.
My work is done. And now onto everything else I meant to do today, after that first cup of tea. pic.twitter.com/bJPuJ85TCT
— Mark Rittman (@markrittman) 11 oktyabrya 2016 g.





