Bugun Bahraynda U-19 yoshlar o`rtasidagi Osiyo chempionati bahslari start oladi. O`zbekiston yoshlar terma jamoasi esa Dubaydagi yig`inni yakunlab, qit`a birinchiligida ishtirok etish uchun Bahreyn poytaxti Manamaga yo`l oldi.
Ma`lumot uchun, musobaqaning "D" guruhidan joy olgan O`zbekiston U-19 terma jamoasi o`zining ilk o`yinini 15 oktyabr kuni Tojikiston yoshlariga qarshi o`tkazadi.
Guruhda O`zbekiston yoshlar terma jamoasi, shuningdek, Avstraliya va Xitoy terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.





