AsosiySport

Ronaldino jamoasi xayriya o`yinida Maradona jamoasini mag`lubiyatga uchratdi

Italiya poytaxtida Rim Papasi tashabbusi bilan ikkinchi marta “Dunyo o`yini” xayriya uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda sobiq futbol yulduzlari Ronaldino va Maradona jamoalari o`zaro to`qnash keldi.

Ronaldinoning jamoasi 4:3 hisobida zafar quchdi. G`oliblar safida gollarga Frederik Kanute (5-daqiqa), Boyan Krkich (34), Ernan Krespo (67) va Fernando Kavenagi (78) mualliflik qildi. Maradona jamoasi tarkibida Antonio Di Natale (1-daqiqa), Franchesko Totti (22) va Nikolas Burdisso (68) gol kiritishdi.

Xayriya o`yinidan yig`ilgan mablag` gumanitar maqsadlarga, xususan, 24 avgust kuni Italiyadagi zilziladan jabr ko`rganlarga ishlatiladi. 

Boshqa yangiliklar