1. Chayinganingizdan so`ng yuzingiz qanday holatda bo`ladi?
A. Taranglashadi;
B. Yaltillab qoladi;
V. Sog`lom va tekis;
G. Peshona va dahan qismi yaltillab, yonoqlar quruq lashadi;
D. Salgina qizaradi.
2. Oziqlantiruvchi pardoz vositalaridan foydalanmasangiz nima o`zgaradi?
A. Quruqlashadi, teri tortishib qoladi;
B. Yog`lashib ketadi;
V. Me`yoriy holatda bo`ladi;
G. Peshona va daxan qismi yog`lashib, yonoqlar tabiiy ko`rinishda bo`ladi;
D. Teri ta`sirchanligi ortadi.
3. Yuzingizning teri kataklari qanday tuzilgan?
A. Deyarli bilinmaydi;
B. Kattalashgan;
V. Ko`zguda yaqqol ko`zga tashlanadi, ammo pardoz qilinganida bilinmaydi;
G. Yuzning «T» qismida yaqqol ko`zga tashlanadi, yonoqlarda esa kichraygan;
D. Ba`zida bilinidi, ba`zida esa yo`q.
4. Iste`mol qilayotganlaringiz yuz terisiga ta`sir etadimi?
A. Ko`p miqdorda gazlangan ichimliklar yuzimni quruqlashtirib yuboradi;
B. Yog`li taomlardan so`ng yuzim yaltirab qolganday bo`ladi;
V. Hech qanday ta`siri yo`q;
G. Meva va sabzavotlardan tanovul qilmasam, peshona va dahan qismida toshmalar yuzaga keladi;
D. Achchiq ta`mli eguliklardan so`ng yuzim qichishadi.
Yuz teringiz qaysi turga mansub ekanligini bilish uchun javoblarni quyidagicha belgilang.
- Javoblar orasida A harfi ko`p bo`lsa, demak yuzingiz quruq.
- B javobi ko`p bo`lsa, yuzingiz yog`li.
- V javobi etakchilik qilsa, normal yuz terisiga egasiz.
- G javobi ustun bo`lganida, aralash turldagi yuz terisi mavjud bo`ladi.
- D javobi ko`p bo`lganida esa yuz teringiz ta`sirchan turga mansubdir.





