Ertaga, 11 oktyabr kuni O`zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi 4-turi doirasida Xitoyga qarshi maydonga chiqadi.
Mashhur Latin Post nashri seshanba kuni bo`lib o`tadigan o`yin haqida to`xtalar ekan, maydon O`zbekiston termasining to`liq ustunligini taxmin qilmoqda. Hatto, hisob 3:0 ko`rinishida yakunlanishi ta`kidlangan, deb yozadi “Fut.uz” nashri.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston va Xitoy terma jamoalari o`rtasidagi bellashuv ertaga, Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.






