UEFAga a`zo mamlakatlarning JCh–2018 turniriga saralash bosqichi o`yinlari davom etmoqda. “A” guruhi 2-turida Gollandiya terma jamoasi va Belarus futbolchilari o`zaro bahs olib borishdi.
Gollarga boy kechgan o`yinda gollandiyaliklar 4:1 hisobida zafar quchdi. Xuddi shunday hisob bilan Fransiya Bolgariyani taslim qilgan bo`lsa, Shvesiya kichik – 1:0 hisobida Lyuksemburgni mag`lubiyatga uchratdi.
JCh–2018 saralashi, “A” guruhi, 2-tur
Gollandiya – Belarus 4:1
Gollar: Promes, 14, 31, Klaassen, 56, Yanssen, 64 – Rios, 47
Fransiya - Bolgariya 4:1
Gollar: Gameyro, 23, 59, Paye, 26, Grizmann, 38 – Aleksandrov, 6
Lyuksemburg – Shvesiya 0:1
Gol: Lyustig, 58





