Bugun qahva ichishni xushlamaydigan kishi bo`lmasa kerak. Kimdir achchiqqina, kimdir shirin qilib, bu xushta`m ichimlikdan bir finjon ichib olsa, kayfiyati ko`tariladi. Uning qay tarzda ichishingiz esa xarakteringizga bog`liq ekan...
- Agar siz achchiq, ya`ni shakarsiz qahva ichishni yoqtirsangiz, demak kuchli va ma`suliyatli kishisiz. Sizni qo`rqitish qiyin. Xatolaringizni ham tan olasiz.
- Agar qahvani shakar bilan, ammo sutsiz ichsangiz, bir qarorga kelishingiz qiyin ekan. Kimdir sizni qo`llab-quvvatlashi, to`g`ri yo`l ko`rsatishini kutasiz. Quvonarli jihati qiziqishlaringizning cheki yo`q.
- Agar sut va shakarsiz qahva iste`mol qila olmasangiz, fe`l-atvoringiz murakkab. Ta`sirchanligingiz ham bor. Doim boshqalardan ajralib turasiz. Kayfiyatingizga qarab ish ko`rasiz.
- Ko`pirtirilgan qahva ichish jonu dilingizmi, farosatli, ochiqko`ngil va barchaga birdek yaxshilik ulashuvchisiz.
- Agar siz qahvaxonaga kirib, Espresso qahvasini buyurtma qilsangiz, o`z dunyoqarashiga ega, insonparvar va optimistsiz. Siz bilan do`stlaringiz zerikmasligi aniq.
- Latte shaydosi bo`lsangiz, hazilga usta, iki kunlik dunyoda o`ynab-kulish tarafdorisiz. Vaqtingizni ko`pchilik bilan o`tkazishni istaysiz. Yolg`izlikdan qo`rqasiz.
- Kapuchinoni ko`nglingiz tusasa, dengizga oshuftasiz. Orzularingiz ham suvdek serob. Ular og`ushida o`zingizni baxtli his etasiz. Musiqa tinglab, orom olsangiz, barcha asabiyligingiz havoga uchadi.





