AsosiyDunyo

Makron iste`foga ketmasligini ma`lum qildi

'Makron iste`foga ketmasligini ma`lum qildi'ning rasmi

Herault departamentida namoyishchilar tomonidan to`xtatilgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron iste`foga chiqish niyati yo`qligini aytdi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Prezidentning tashrifi chog`ida namoyishchilar hamma joyda “Makron iste`foga chiq!” deb hayqirdi. Ular  “demokratik prezident” degan umidda unga ovoz berganidan afsusda ekanliklarini bildirgan.

"Men demokratiya tarafdoriman, shuning uchun saylovlarda ishtirok etdim. Lekin men iste`foga chiqmayman. Sizni ishontirib aytamanki, bunday bo`lmaydi. 2027 yilgacha kutishimiz kerak”, - dedi prezident.

Tashrifi davomida to`plangan namoyishchilarga qarshi polisiya ko`zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatishga majbur bo`ldi. Namoyishchilar unga tuxum va kartoshka otish bilan javob berishgan.

Fransiya Konstitusiyaviy kengashi pensiya islohoti to`g`risidagi qonun loyihasining asosiy moddasini ma`qulladi, unda 2030 yilgacha mamlakatda pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga bosqichma-bosqich oshirish nazarda tutilgan. Shanba kuni kechqurun Makron qonunni imzoladi, hujjat rasmiy jurnalda chop etildi.

    Boshqa yangiliklar