Farg`ona viloyatining Buvayda tumanida boshqa viloyatga sotish maqsadida avtomashinada olib ketilayotgan iste`molga yaroqsiz go`sht mahsulotlari to`xtatib qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Buvayda tumani "Dodxo" MFY hududida X.A.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtotransport vositasi to`xtatib ko`zdan kechirilgan. Aniqlanishicha, fuqaro avtomashina yukxonasida hech qanday hujjatlarsiz jami 206 kg iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan qoramol go`shtini Qo`qon shahrida o`tkazish maqsadida olib ketayotgan bo`lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






