AsosiyJamiyat

Andijonda qo`mitalarning birida faoliyat yuritadigan shaxsning nima sababdan pichoqlangani ma`lum qilindi(video)

'Andijonda qo`mitalarning birida faoliyat yuritadigan shaxsning nima sababdan pichoqlangani ma`lum qilindi(video)'ning rasmi

Andijon viloyatida Republika qo`mitalarining birida faoliyat yuritadigan shaxsning pichoqlangani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holatga nima sabab bo`lgani ochiqlandi
 

Andijon viloyati Xonobod tumanida hokimiyat xodimi pichoqlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Keyinchalik Bosh prokuratura pichoqlangan shaxs hokimiyat xodimi emas, u respublikadagi qo`mitalarning birida faoliyat yuritishini ma`lum qilgandi. Tergov jarayoni va shaxsga tashqi ta`sir bo`lmasligi uchun uning aniq ish joyi ochiqlanmagan.

Ma`lum qilinishicha, 15 aprel kuni yo`l qatnov qismida o`z mashinasida harakatlanib borayotgan haydovchilar bir-biriga yo`l bermasdan tortishib ketgan. Atrofdagilar aralashuvi bilan ular murosaga keltirilgan. Oradan bir necha soat vaqt o`tgach, ular bir-birini telefon orqali topgan va uchrashgan.

Shundan so`ng ular o`rtasida janjal kelib chiqqan. 29 yoshli shaxs o`zidan 6 yosh katta fuqaroning qorin qismiga bir necha marotaba pichoq urib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi og`ir ahvolda o`z oyog`i bilan yaqin masofada joylashgan tibbiyot muassasasiga kelgan. Hozirda ahvoli og`ir stabil.

    Boshqa yangiliklar