AsosiyJamiyat

O`zbekistonda o`tgan bir oyda rekord darajada ko`p “inomarka” sotildi

'O`zbekistonda o`tgan bir oyda rekord darajada ko`p “inomarka” sotildi'ning rasmi

O`zbekistonda mart oyida xorijda ishlab chiqarilgan yangi engil avtomobillar savdosi sezilarli darajada oshdi. Bu haqda “Review.uz” xabar bermoqda

Bir oy ichda “inomarka”lar bo`yicha bitimlar soni 15 foizga ko`paygan va 2,9 ming donaga etgan. 

Bu O`zbekiston uchun rekord ko`rsatkich hisoblanadi. 2022 yilning noyabr oyida ham xuddi shuncha xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi kuzatilgan edi. 

Mart oyida o`tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar ko`proq “inomarka” sotilgan. 

Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar sotuvining keskin ko`payishiga 2023 yil 1 yanvardan “inomarka”larni O`zbekiston hududiga istalgan shaxs tomonidan olib kirishga ruxsat berilgani sabab bo`lmoqda. 

Avval bu jarayon faqat dilerlar orqali amalga oshirilar edi. Yaqin oylar ichida chet el avtomobillari savdosi yanada ko`payishi kutilmoqda. 

Shuningdek, mart oyida elektromobillar bozoridagi faollik sezilarli darajada oshdi. Birlamchi bozorda sotuvlar 34 foizga oshgan bo`lsa, ikkilamchi bozor 24 foizga o`sishni ko`rsatdi.

Umuman olganda, 2023 yilning I choragida yillik o`sish 2 baravarga ko`paygan holda 2,2 ming dona engil elektromobil sotilgan.

    Boshqa yangiliklar