AsosiyJamiyat

Andijonda maktab xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan rahbarga jarima belgilandi

'Andijonda maktab xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan rahbarga jarima belgilandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tuman Maktabgacha ta`lim va maktab bo`limi mansabdorlari tomonidan ishchi xodimlari majburiy mehnatga jalb qilinganligi aks etgan xabarlar tarqalgan edi. Holat yuzasidan Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi boshlig`i o`rinbosari M.Nuraliev tomonidan o`rganish ishlari olib borilgan.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 29 mart kuni Asaka tumani Maktabgacha ta`lim va MBBning kotibi vazifasida ishlovchi N. Komilov tomonidan tuman XTBga qarashli umumtalim maktablarning direktorlariga Telegram orqali topshiriq berib, unda barcha maktablarning xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari va texnik xodimlarini 30 mart kuni soat 8:00 da "Ulug`bek" MFY Navro`z dahasida bo`lib o`tayotgan obodonlashtirish ishlariga jalb etishni ta`minlash bo`yicha topshiriq berganligi aniqlangan.

N.Komilov bilan o`tkazilgan suhbat davomida haqiqatdan ham maktab xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari va texnik xodimlariga topshiriq berilganligi aytilgan. Ushbu topshiriqni bo`lim mudirining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari Sh. Qurbonov buyurganligini ma`lum qilgan.

Sh.Qurbonov hozirgi kunga qadar bo`lim mudir lavozimiga tayinlanmaganligini vaj qilib, shu sababli o`z mansabidan foydalangan holda obodonlashtirish ishlariga maktablarning xo`jalik ishlari bo`yicha direktor o`rinbosarlari va texnik xodimlarini jalb etish bo`yicha og`zaki topshiriq berganligi aniqlangan.

O`rganish davomida obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan 30 nafar xodim shu kuni "Navro`z" dahasida tut ko`chati ekkanliklari, biroq ushbu ishlarga majburlanmaganliklarini aytgan.

Yukoridagi holat yuzasidan xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosar Sh.Qurbonovga nisbatan MJtKning 49-moddasi 1-kismiga asosan, BHMning 10 barobari, ya`ni 3 000 000 so`m miqdorda ma`muriy jarima jazosi tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar