Yo`lovchilarni tashish maqsadida 2023 yilning 6, 13, 20, 27 aprel kunlari 60/59-sonli “Toshkent — Andijon — Toshkent” yo`nalishida qo`shimcha 4 ta reys harakati yo`lga qo`yildi. Bu haqda “O`ztemiryo`lyo`lovchi” matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, poezdlar amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
60-sonli “Toshkent — Andijon” yo`nalishi
Toshkent 07:55 — Andijon 13:56
59-sonli “Andijon — Toshkent” yo`nalishi
Andijon 15:55 — Toshkent 21:45






