Bugun soat 11:00 da «Bunyodkor» stadionida U20 Osiyo Kubogida chempionlikni qo`lga kiritgan O`zbekiston yoshlar terma jamoasining taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi.
Futbol bo`yicha Osiyo chempionlarining har biriga prezident sovg`asi Lacetti (Gentra) avtomobili taqdim etiladi.
Eslatib o`tamiz, U20 Osiyo Kubogi final o`ynida O`zbekiston bilan Iroq futbolchilari to`qnash kelib, O`zbekiston yoshlari 1:0 hisobida g`alaba qozongan edi.






