Plyaj futboli bo`yicha terma jamoalarning sentyabr oyi yakunlariga ko`ra yangi reytingi e`lon qilindi. Unga ko`ra, plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi ayni damda reytingning 59-pog`onasida bormoqda, deb xabar bermoqda O`FF matbuot xizmati.
O`zbekiston avgust oyi yakunlariga ko`ra 57-pog`onadan joy olgan edi. Hozirgi vaqtda Plyaj futboli bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi hisobida 131 ochko mavjud.
Osiyo qit`asi terma jamoalari orasida O`zbekiston hozirda 10-o`rinni egallab turibdi. OFKga a`zo mamlakatlar reytingida 1620 ochko to`plagan Eron terma jamoasi etakchilik qilmoqda.
OFKga a`zo mamlakatlar reytingining kuchli o`nligi quyidagicha ko`rinish olgan:
1 (6) Eron – 1620
2 (11). Yaponiya – 952
3 (13). BAA – 867
4 (16). Ummon – 835
5 (30). Livan – 432
6 (36). Xitoy – 332
7 (41). Vetnam – 271
8 (42). Tailand – 269
9 (45). Bahrayn – 226
10 (59). O`zbekiston – 131
Jahon reytingini 3568 ochko to`plagan Portugaliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Ikkinchi pog`ona Rossiya (3169) terma jamoasiga tegishli bo`lsa, uchinchi o`rin Italiya (2100) termasiga tegishli.





