AsosiyDunyo

Yaponiyada to`fon sababli 300 ta aviareys bekor qilindi

Yaponiyaga favuqlodda kuchli “Chaba” to`foni yaqinlashayotgani sababli 298 aviareys bekor qilindi.

Yaponiyaning to`qqizta aviakompaniyasi Okinava yo`nalishidagi reyslarni bekor qilingani haqida e`lon qildi.

Ayni damda to`fon janubiy perfektura hududida. Bugun tunda to`fon arxipelag orollariga etib keladi. Keyinroq yo`nalishini shimoldan shimoli-sharqiy yo`nalishga o`zgartirib, butun Yaponiya hududidan o`tadi.

To`fon markazida to`fon bosimi 925 gektopaskalni tashkil qiladi. Markazda shamol kuchi soniyasiga 50-70 metrga teng. To`fon kuchli shamol va yomg`irlar bilan kuzatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar