O`zbekistonda 21 yoshli qizni qarindoshiga unashtirib, so`ng qudalaridan pul undirgan firibgar Astanada qo`lga olindi, deb xabar beradi Polisia.kz.
Poytaxt polisiyasi MDH davlatlari bilan hamkorlikda 15-16 mart kunlari keng ko`lamli «Qidiruv» tadbirini o`tkazdi. Tadbirning birinchi kunida Astana shahrida 8 nafar jinoyatchi aniqlanib, qo`lga olindi. Yo`qolgan 3 nafar fuqaroning joylashgan joyi aniqlandi.
Davlatlararo qidiruvga berilgan ikki xorijlikdan biri o`zbekistonlik ayoldir.
«Xalqaro qidiruvda bo`lgan 23 yoshli o`zbekistonlik qizning shaxsi aniqlandi. U qarindoshiga unashtirgandan so`ng 21 yoshli qizni uyidan olib ketgan. Keyinroq u qudalaridan shantaj yo`li bilan pul talab qilgan», — deyiladi polisiya xabarida.
42 yoshli O`zbekiston fuqarosi firibgarlik qilib, poytaxtda yashab kelgan. Samarqand shahrida bir kishini ishga joylashtirishni va`da qilib, 1 million 400 ming so`m pulini o`zlashtirgan, deyiladi xabarda.
18.03.2023 10:43
Astanada ikki nafar o`zbekistonlik fuqaro qo`lga olindi






