Londonning “Arsenal” klubi hama Ispaniya terma jamoasi himoyachi Ektor Belerin “Hindiston go`zali–2007” tanlovi g`olibasi, Bollivud aktrisasi Esha Gupta bilan uchrashayotgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda “iSport.ua” nashri xabar bermoqda.
Belerin bir necha kun avval Esha Gupta bilan Londondagi Vanilla Black kafesida uchrashdi. Ular kafega birga kelmagan bo`lsa-da, uning ichidan birgalikda chiqib ketishdi.

Shundan so`ng ular futbolchining “Mersedes” avtomobiliga o`tirib, o`z manziliga jo`nab ketishdi.





