Farg`onada o`tkazilgan “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining viloyat bosqichida 300 dan ziyod havaskor velosportchi ishtirok etdi.
Uch yosh toifasida o`tkazilgan musobaqada Quva tumanidagi 50-umumta`lim maktabi o`quvchisi Mirjamol Ro`zaliev, Toshloq tumani “Sadda” mahalla fuqarolar yig`inidan Elyor Nishonov, Quva qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji o`quvchisi Javohir Jamoliddinov birinchi o`rinni egallab, mamlakat bosqichiga yo`llanma oldi.
Musobaqa g`oliblari va bir qator qo`shimcha nominasiyalar bo`yicha eng faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan rag`batlantirildi.





