Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon Ibrohim al-Xalifa O`zbekiston futbol federasiyasi prezidenti Mirabror Usmonovni O`zbekiston Prezidenti farmoni asosida “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat mukofotiga sazovor bo`lganligi bilan tabrikladi.
O`FF prezidentiga yo`llangan tabriknomada OFK rahbari Mirabror Usmonovni Osiyo futboli va sportining rivojiga qo`shayotgan hissasini alohida mavzu qilib oladi.
"Sizni “Xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi” davlat mukofoti bilan tabriklab, eng yaxshi tilaklarimni izhor etaman. Bu sizning O`zbekiston futboli rivoji, shu qatori uning jahonda tan olinishi yo`lida qilayotgan ulkan mehnatingiz uchun berilgan munosib bahodir”, deb yoziladi tabrikda.





