Xitoy xalq vakillari kengashi deputatlari Si Szinpinni qayta sayladilar. U mamlakat tarixida uchinchi muddatga saylangan birinchi rais bo`ldi. Si Szinpin yana Xitoy Xalq Respublikasi Markaziy harbiy kengashi rahbari lavozimini ham egalladi.
Qaror bir ovozdan qabul qilindi. Ovoz berishda 2952 kishi ishtirok etdi. Bundan tashqari, Davlat kengashi bosh vazirining birinchi o`rinbosari Xan Chjen Xitoy Xalq Respublikasi vise-prezidenti etib saylandi. Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo`mitasi Siyosiy byurosi doimiy qo`mitasi a`zosi Chjao Leji XXR Doimiy qo`mitasi raisi etib tayinlandi.
Si Szinpin 69 yoshda. U 2012 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo`mitasi bosh kotibi bo`ldi, 2013 va 2018 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi raisi etib saylandi. 2017 va 2022 yillarda u qaytadan Kommunistik partiya Markaziy qo`mitasi Bosh kotibi etib saylangan.






