AsosiyJamiyat

Prezident Farmoniga asosan bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi (ro`yxat)

'Prezident Farmoniga asosan bir guruh xotin-qizlar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi (ro`yxat)'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to`g`risida”gi Farmoni imzolandi:

Mamlakatimizda mo``tabar ayol zotiga ulkan ehtirom ko`rsatish, xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o`rni va nufuzini oshirish, shuningdek, o`zining ko`p yillik samarali mehnati, boy tajribasi bilan bugungi tub islohotlarimizda faol qatnashib, Yangi O`zbekistonni barpo etish, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo`lida tashabbus va ibrat ko`rsatib kelayotgan, oilalarda ma`naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga katta hissa qo`shayotgan opa-singillarimizni munosib taqdirlash maqsadida quyidagilar orden va medallar bilan mukofotlansin:  

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Arzieva Marxabo Imamnazarovna - «O`zbekiston metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati

Atabaeva Omatxon Karimjanovna - Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» mas`uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati

Axmedova Zulfiya Raxmonovna - «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati

Axmedshina Faniya Avzalovna - Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Begmatova Azza - O`zbekiston davlat drama teatri etakchi sahna ustasi

Qobilova Mavluda Umrzoqovna - Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo`lim etakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati

Mazaxidova Nadira Tashpulatovna - Qo`qon shahridagi «Qo`qon yor-yori» ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Farg`ona viloyati

Mamatkulova Aysara Berdikulovna - Sardoba tumanidagi «Nurafshon dala sari» fermer xo`jaligi boshlig`i, Sirdaryo viloyati

Matyakubova Mexriban Kadamovna - «Hunarmand» uyushmasining Xiva shahar bo`limi a`zosi, kashtachi, Xorazm viloyati

Narmuradova Maxbuba Akramovna - Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshlig`i, Samarqand viloyati

Rajabova Marhabo Muxammadievna - Qorako`l tumanidagi «Xosiyatli Qorako`l nuri» mas`uliyati cheklangan jamiyati ta`sischisi, Buxoro viloyati

Rasulova Muqaddam Mansurjonovna - O`zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo`mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitasiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori

Saidmurodova Maksuda - Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`ining maslahatchisi, Namangan viloyati

Xaitova Ayjomal Nazirovna - Oltinsoy tumanidagi «Tuyaqush tillolari» oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati

Xojametova Zamira Jumabaevna - Qo`ng`irot tumanidagi «Kungrad agro-solodko system» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog`iston Respublikasi

«Do`stlik» ordeni bilan

Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna - Guliston shahridagi «Do`stlik» madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati

Alimova Arzixan Abdillaevna - «Hunarmand» uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi a`zosi, quroqchi

Atalikova Evgeniya Vladimirovna - Quvasoy shahridagi «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Farg`ona viloyati

Bayramova Natalya Shamuratovna - Tuproqqal`a tumanidagi «Matyoqub Qodir» chorvachilik fermer xo`jaligi texnologi, Xorazm viloyati

Vasileva Tatyana Aleksandrovna - «O`zaeronavigasiya markazi» davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy bo`linmasi dispetcheri

Djurakulova Saodat Eshqobilovna - Boysun tumani hokimining o`rinbosari – oila va xotin-qizlar bo`limi boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Ismailova Gavxar Abdumananovna - «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Kaipova Gulistan Sarsenbaevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog`iston filiali jonlantirish bo`limi shifokori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Kayumova Maxfuza Abdinabievna - Paxtachi tumanidagi «Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati

Lyan Ekaterina - Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug`chiligi laboratoriyasi mudiri

Nasridinova Shoxida Taufikovna - Mirzo Ulug`bek tumanidagi «Milk Foods Trade» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri

Nesterovich Lyudviga Petrovna - O`zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a`zosi, haykaltarosh

Riskulova Aynogul Junusovna - Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» mas`uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati

Salimova Manzura Alimovna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi a`zosi

Sarieva Nurbibi Baymaxanovna - Konimex tumanidagi «Qorako`l Uchtepa sur» mas`uliyati cheklangan jamiyati cho`poni, Navoiy viloyati

Xalbaeva Dilrabo Djurabekovna - O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo`jaligi masalalari qo`mitasi a`zosi

Cho`lieva Ziynat Boboevna - «O`zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma`lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo`limi muhandisi, Buxoro viloyati

Ergasheva Tanzila Nizamovna - Namangan shahridagi «Art Soft Tex» mas`uliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati

Yuldasheva Mavluda Melikovna - Shahrisabz shahridagi «Ipak yo`li» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Dadaboeva Manzuraxon - Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati

Zoirova Aziza Ibragimovna - Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Zoxidova Mamuraxon Nasilloevna - O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o`quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo`limi boshlig`i, yozuvchi

Mirzaeva Mehriniso Latipovna - G`ijduvon tumanidagi «Marjona E`zoza» nodavlat maktabgacha ta`lim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati

Eshmamatova Dilorom Baxramovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Toshkent shahri

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Gadoeva Dilfuza Mustafoevna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og`ir kuyish jarohatlari bo`limi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Xolmurodova Zamira Baxromovna - Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya bo`limi mudiri, Jizzax viloyati

Shavazova Muhabbat Ismatovna - Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimasiya bo`limi anesteziolog-reanimatologi

Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna - Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali ko`z jarrohi, Samarqand viloyati

«Sog`lom turmush» medali bilan

Madalieva Feruza Maxamadovna - «Taraqqiyot» aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko`maklashish markazi rahbari, Farg`ona viloyati

Mirzaeva Elena Sadullaevna - O`zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Foreign Languages» telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-ma`rifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri

Erkaeva Shoira Bahramovna - Qamashi tumanidagi «Mironshoh va Ibrohimjon» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Aleuova Gulistan Userbaevna - Qoraqalpog`iston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo`yicha katta yordamchisi

Axatova Zamira Rustamovna - Kattaqo`rg`on shahar ichki ishlar bo`limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo`linmasi xotin-qizlar masalalari bo`yicha katta inspektori, Samarqand viloyati

Rasulova Lola Anvarovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasining «Xo`jayli» chegara bojxona posti katta inspektori

Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna - O`zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari harbiy xizmatchisi

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Aytmuratova Sarbinaz Elmurat qizi - Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovasion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo`limi boshlig`i, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Davronova Sharifa Jamsherovna - Engil atletika bo`yicha O`zbekiston milliy terma jamoasi a`zosi

Mannopova Fotima Said qizi - Toshkent shahridagi «Techno time academy» robototexnika maktabi direktori

«Shuhrat» medali bilan

Abdieva Mu`tabar Arslonovna - Sirdaryo tumanidagi «Reka-Med Farm» mas`uliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yig`uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati 

Abdukadirova Saida Islamovna - «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyatining «Toshkent issiqlik elektr stansiyasi» filiali markazlashtirilgan ta`mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati

Azimova Gulmira Djaxanovna - Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatasiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi

Artikova Dilnoza Ilxombaevna - O`zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo`linmasi raqqosasi

Voxidova Nilufar Umarovna - «Hunarmand» uyushmasining Chust tumani bo`limi a`zosi, do`ppido`z, Namangan viloyati

Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna - Xo`jayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna - Sharof Rashidov tumanidagi «Maxmuda Zarina Zarifa» mas`uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati

Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna - O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining Sirdaryo viloyati bo`limi mutaxassisi, «Oqila ayollar» harakati a`zosi

Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna - O`zbekiston Respublikasi Tog`-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovasiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi

Kasimova Shoira Satvoldievna - Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo`yicha yordamchisi, bosh otinoyisi

Qaxorova Iroda Iminjonovna - Uychi tumanidagi «Ziyokor» mahalla fuqarolar yig`ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati

Qilicheva Oysha Tenglashevna - Nurota tumanidagi «Muruvvat» nogironlar uchun erkaklar internat uyi xo`jalik bekasi,  Navoiy viloyati

Mexmonova Ro`zixon Abduvalievna - Baliqchi tumani yo`l xo`jaligi pudrat ta`mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati

Mustafaeva Shaxnoza Bayzakovna - Yangiyo`l shahridagi «Dugonalar» nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati

Muxutova Lola Muhammadovna - Olot tumanidagi «Olot kashtado`zlari» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati

Nurjanova Saboxat Shomuratovna - «Ichan qal`a» davlat muzey-qo`riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati

Samieva Guzal Muxitdinovna - Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i, Surxondaryo viloyati

Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi - «Toshkent yo`lovchi vagonlarini qurish va ta`mirlash zavodi» aksiyadorlik jamiyatining ko`prikli kran mashinisti

Usmonova Gulnora Xoshimjonovna - Bag`dod tumanidagi «Gulnora Matqulobod bodomlari» ishlab chiqarish kooperasiyasi rahbari, Farg`ona viloyati

Fayzullaeva Nasiba Nurullaevna - «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati

Xaliyarova Xabiba Alekseevna - G`uzor tumanidagi «Mohigul Mohlaroyim jilosi» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati

Xodjibolaeva Ra`no Odilovna - Farg`ona shahridagi «Surxtepa» mahalla fuqarolar yig`inidagi hokim yordamchisi, Farg`ona viloyati

Sherova Zulfiya Maxmudovna - Sho`rchi tumanidagi «Sho`rchi Aziz agrofirma» mas`uliyati cheklangan jamiyati rahbari,  Surxondaryo viloyati

 

O`zbekiston Respublikasi 

        Prezidenti                                                                                                                                            Sh.Mirziyoev

 

Toshkent shahri, 

2023 yil 6 mart

    Boshqa yangiliklar