Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) prognoziga ko`ra, 2023 yilda O`zbekiston yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o`sishi 6,5 foizni tashkil etadi. Kelgusi yilda esa mamlakat iqtisodiyoti 7 foizga o`sishi taxmin qilinmoqda.
ETTB ekspertlarining prognozlariga ko`ra, 2023 yilda Markaziy Osiyoda YaIM 4,9 foizga o`sishi kutilmoqda. Xususan, ushbu ko`rsatkich joriy yilning sentyabr oyidan boshlab neft va gaz narxlarining yuqoriligi, ishchi kuchi, kapital va pul o`tkazmalari oqimining ko`payishida o`z aksini topishi mumkinliigi aytilgan.
Bundan tashqari, kelgusi 2024 yilda mintaqada bu ko`rsatkich 5,4 foizga o`sishi taxmin qilingan. Mutaxassislar Markaziy Osiyoda YaIMning o`sishiga asosiy omil sifatida rejalashtirilgan infratuzilmaga investisiyalar, tovarlarning yuqori narxlari va Rossiya korxonalarining ko`chirilishi hisobiga ishlab chiqarishning o`sishi sabab qilib ko`rsatishgan.
Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida yalpi ichki mahsulotning eng katta o`sishi Tojikistonda prognoz qilinmoqda — 2023–2024 yillarda 8 foizga. Keyingi o`rinlarni Qirg`isiton hamda mos ravishda O`zbekiston va Turkmaniston egallagan.






