Qamchiq dovonida yuzaga kelgan qor ko`chkisi sabab, dovon bo`ylab transport vositalarining harakatlanishi vaqtincha to`xtatilgan edi.
Aholiga qulaylik yaratish maqsadida vodiy viloyatlariga borishni rejalashtirgan yurtdoshlarimiz uchun, "Angren" hamda "Ohangaron" vokzallarida "Ohangaron-Angren-Andijon" qo`shimcha temiryo`l reysi amalga oshirildi. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida yo`lovchilar o`z manzillariga xavfsiz etib olishlari ta`minlandi.
Shuningdek, bugun 16 fevral kuni soat 10-05da vodiy viloyatlaridan Toshkentga borishni rejalashtirgan 250 nafar yurtdoshlarimiz uchun, "Pop" temir yo`l vokzallarida "Pop-Angiren" qo`shimcha temiryo`l reysi amalga oshirildi.
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va hamkorlikdagi xizmatlar ishtirokida yo`lovchilar o`z manzillariga xavfsiz etib olishlari ta`minlandi.






