AsosiyJamiyat

2022 yilda maktab bitiruvchilarining 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib keldi

'2022 yilda maktab bitiruvchilarining 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib keldi'ning rasmi

13 fevral kuni Shavkat Mirziyoev ijtimoiy sohalarga mas`ul rahbarlarni qabul qildi. Bu haqda prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig`ilishda qayd etilishicha, 2022 yilda 386 ming nafar maktab bitiruvchilaridan 137 ming nafari oliy ta`limga, 20 ming nafari kollej va texnikumlarga qamrab olingan. Lekin bitiruvchilarning 50 foizi hech qanday kasb-hunarsiz mehnat bozoriga kirib kelgan.

2023 yildan boshlab, o`quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o`rgatish Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo`lishi ta`kidlandi. Bunga hamohang ravishda, oliy ta`lim tizimi ham o`zgarishi kerak. Shu bois institut va universitetlarning faoliyatini isloh qilib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integrasiyasini kengaytirish bo`yicha ko`rsatmalar berildi.

Shuningdek, co`nggi yillarda olimlarning ish haqi 4,5 barobar oshirilgan. Bu yil ilm-fan va innovasiyalarga 1,8 trillion so`m ajratilmoqda. Bundan foydalanib, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi dolzarb yo`nalishlarda ilmiy asoslar yaratish zarurligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar